Gate To Sky

Salom,
Men Bellaman

Sizning AI instrukteringiz

Kurs haqida

Kimlar uchun va nima o’rganasiz?

Kimlar uchun

Birinchi marta intervyuga tayyorlanayotganlar

Avval sinab ko’rib, rad javobi olgan va sababini tushunmoqchi bo’lganlar

Ingliz tili bilim darajasini oshirish va tekshirishni istaganlar

Yaqin orada intervyusi belgilangan va tez tayyorgarlik kerak bo’lganlar

Kursda nimalar bor

Intervyu va HR savollari

Eng ko’p beriladigan savollarga tuzilgan javob berish texnikasi.

Guruh mashqlari

Jamoada ishlash, liderlik va vaqtni boshqarish bo’yicha aviakompaniyalar nimaga e’tibor berishini tushuntirish.

Final interview

O’zingizni qanday tutish kerak va sizdan nimalar kutiladi — hammasi.

HireVue / bir tomonlama video-intervyu

Kamera oldida qanday harakat qilish, nima aytish va nimadan qochish kerakligi.

CV va tashqi ko’rinish

ATS tizimidan o’tadigan rezyume yozish va aviakompaniya standartlariga mos tashqi ko’rinish bo’yicha aniq tavsiyalar.

Ingliz tili

Aviatsiya lug’ati, professional iboralar va natijaga olib boruvchi test tizimi. Test topshirasiz va tayyormisiz yoki hali til ustida ishlash kerakmi — aniq ko’rsatadi.

Photo Check

Aviakompaniyaga ishga topshirish uchun tayyorlagan rasmlaringizni tekshirib beradi.

AI instruktor

24/7 ishlaydigan shaxsiy instruktoringiz. Styuardessa bo’lish uchun kerakli barcha bilimlarni beradi va kurs davomida tushunmagan joyingizga uzoq kuttirmasdan aniqlik kiritib tushuntiradi.

Qanday ishlaydi

Video darslarni o’z tezligingizda, o’zingiz xohlagan vaqtda ko’rasiz, so’ng shaxsiy AI instruktor bilan amaliyot qilasiz — savol so’raysiz, mashq qilasiz, ovozli yoki matnli javob berasiz. Instruktor sizni eslab qoladi va qayerda to’xtaganingizdan davom etadi, shuning uchun har safar boshidan boshlash shart emas.

Natija

Kurs oxirida siz nafaqat tayyor javoblarni yodlagan bo’lasiz — real vaziyatda o’zingizni qanday tutishni, qanday savolga qanday yondashishni chuqur tushungan bo’lasiz. Ingliz tili testi esa aniq raqamlar bilan qayerda turganingizni ko’rsatadi, taxmin emas.

Narxlar

Avtor

Avtor surati

Abdumumin Khojiakbarov

Gate To Sky asoschisi

Assalomu alaykum! Mening ismim Abdumumin.

Aviatsiya sohasida 8 yillik amaliy tajribaga egaman. Bu yillar davomida xalqaro parvozlar muhiti, aviakompaniyalarning ichki standartlari va HR mutaxassislari nomzodlarda aynan nimaga e’tibor qaratishini chuqur o’rganib chiqdim.

Shuning bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MarYas AI avtomatlashtirish agentligi asoschisiman.

Gate To Sky loyihasi — bu real aviatsiya tajribasi va ilg’or sun’iy intellekt texnologiyalarining mukammal uyg’unligidir. Maqsadim — murakkab intervyu jarayonlarini soddalashtirib, har bir yoshga zamonaviy AI vositalari yordamida tez, samarali va ishonchli tayyorgarlik ko’rish imkoniyatini yaratish.

O’ylaymanki, bu kurs sizga yillab vaqtingizni tejab beradi va maqsadingizga erishishingizga ishonchli yo’l bo’ladi!

Aviatsiya tajribasi
8 yil

Trial

Sinab ko’ring

Telegram botni oching, bir nechta savolga javob bering va AI instruktor bilan birinchi mashqni o’zingiz sinab ko’ring. Alohida ro’yxatdan o’tish shart emas.

5 ta bepul sinov — har bir foydalanuvchi uchun

Bot 24/7 ishlaydi va qayerda to’xtaganingizni eslab qoladi.